XALQARO HAMKORLIK — YAPON TILI TA’LIMIDA YANGI BOSQICH
2025-12-22 18:20:00 / Yangiliklar

Mehmonlar o‘quv jarayonining tashkil etilishi, mashg‘ulotlarning mazmuni va sifati, zamonaviy ta’lim uslublarining qo‘llanilishi hamda yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishi va salohiyatini yuqori baholadilar. O‘quvchilar bilan bo‘lib o‘tgan samimiy muloqot jarayonida ularning yapon tilini o‘rganishdan ko‘zlagan maqsadlari, kelajak rejalari va xorijda ta’lim olishga bo‘lgan intilishlari muhokama qilindi.
Tashrif davomida JAYKA (JICA)ning GROW loyihasi bosh maslahatchisi Kuroda Kiyohiko hamda loyiha eksperti Jurabek Xasanov ishtirok etib, ta’lim sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish va istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda Mirzacho‘l tumani hokimi Botirjon Kazakbayevich Mirzakulov ham ishtirok etib, xorijiy hamkorlar bilan ta’lim sohasidagi aloqalarni mustahkamlash, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda yapon tilini o‘qitish sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Uchrashuv davomida ta’lim sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish, tajriba almashish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda yapon tilini o‘qitish sifatini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar kelgusida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga kelishib oldilar.
Mazkur tashrif yoshlarning yapon tilini chuqur o‘rganishi, kelgusida Yaponiya davlatida ta’lim olishi, malaka oshirishi hamda rasmiy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun muhim zamin yaratadi. Shu bilan birga, bunday xalqaro hamkorlik aloqalari hududda ta’lim sifatini yuksaltirish, yoshlarning raqobatbardosh kadrlar sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.



