Markaziy Osiyoda transchegaraviy yer osti suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish sohasida hamkorlikni rivojlantirish dasturi muhokama qilindi
2025-02-12 17:40:00 / Yangiliklar
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” DM, “Oʻzbekgidrogeologiya” DM, Suvni baholash xalqaro markazi (IWAC), GIZ, Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (EEC), YUNESKO hamda Qozog‘iston Suv resurslari va irrigatsiya vazirligi vakillari ishtirokida suv resurslarini muhofaza qilish, barqarorlikni ta’minlash sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda “Toshkentoldi transchegaraviy suv qatlamlarini va yer osti suv resurslarini boshqarish” (GGRETA) loyihasini davom ettirish boʻyicha ishlab chiqilgan yo‘l xaritasida koʻrsatilgan chora-tadbirlar, shuningdek suv resurslarini samarali boshqarish va ekologik barqarorlikni ta’minlash uchun zarur chora-tadbirlar, ilmiy izlanishlar va suv resurslarini boshqarish tizimlarini yaxshilashga qaratilgan sa’y-harakatlar muhokama qilindi.