Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing
2025-02-10 16:30:00 / Yangiliklar
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi boshliq o‘rinbosari O.Zaripov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda 2024-yilda inspeksiya tomonidan yer qa’ridan foydalanishda noqonuniy holatlarni oldini olish yuzasidan nazorat tadbirlari, yer osti suvlariga ruxsatsiz burg‘ilash va ulardan foydalanish bo‘yicha monitoringlar, qimmatbaho metallarni qazib olishda noqonuniy holatlarni oldini olishga qaratilgan reydlar, Inspeksiya nazorat ostidagi obyektlarida sanoat xavfsizligi talablari bajarilishi bo‘yicha davlat nazorati va tekshirishlar, profilaktika tadbirlari va boshq ishlar haqida ma’lumot berildi.