“O‘zbekgeofizika” AJ: 2024-yilda neft va gazga istiqbolli seysmik qidiruv ishlarining natijalari
2025-01-27 17:30:00 / Yangiliklar
2024-yilda “O‘zbekgeofizika” AJ tomonidan Davlat dasturiga muvofiq, 2D usulida 6800 pog. km, 3D usulida esa 1900 kv. km hajmdagi seysmik qidiruv ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Olib borilgan izlanishlar natijasida 19 ta neft va gazga istiqbolli strukturalar burg‘ilash uchun topshirildi.

Bundan tashqari, yakunlangan loyihalar doirasida 3 ta yakuniy geologik hisobot tayyorlanib, Davlat geologiya fondiga topshirildi. 2025-yil uchun tayyorgarlik doirasida yangi loyihalar ishlab chiqilib, tegishli ekspertiza xulosalari olindi.
“O‘zbekgeofizika” AJ tomonidan tayyorlangan va chuqur burg‘ilashga topshirilgan strukturalardan 2024-yilda 3 ta Chunagar (terrigen yura), Quyi Shege va Yangi Kultak konlari ochildi.