“O‘zbekiston–2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasidagi asosiy vazifalar haqida
2025-01-22 16:16:00 / Yangiliklar
Loyihaning amalga oshirilishi po‘lat konstruksiya ishlab chiqaruvchilar, sovuq holatda prokatlangan listlarni ishlab chiqaruvchilar kabi xaridorlarga import o‘rnini bosuvchi tovar yetkazib berish orqali respublikaning issiq holatda prokatlangan po‘lat list o‘ramlariga bo‘lgan talabini qoplash imkonini beradi.
Qiymati 799,7 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan Quyuv prokatlash majmuasini foydalanishga topshirilishi 1295 ta yangi ish o‘rni yaratilishiga xizmat qiladi.
“O‘zbekiston–2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida “O‘zmetkombinat” AJda yiliga 1 mln tonna issiq holda prokatlangan list o‘ramlar ishlab chiqarish quvvatiga ega Quyuv prokatlash majmuasini foydalanishga topshirish vazifasi belgilab berilgan.