Portlash xavfi boʻlgan muhitlarda ishlatiladigan asbob-uskunalar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglament haqida
2025-01-21 12:05:00 / Yangiliklar
2025-yil 6-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Portlash xavfi boʻlgan muhitlarda ishlatiladigan asbob-uskunalar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentni tasdiqlash haqida” 2-son qarori qabul qilindi.
Texnik reglament inson hayoti va salomatligini, mol-mulki va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda isteʼmolchilarni chalgʻitadigan xatti-harakatlarning oldini olish maqsadida portlash xavfi boʻlgan muhitda Oʻzbekiston hududida qoʻllanilishi va bajarilishi majburiy boʻlgan yagona talablarni belgilaydi.
Texnik reglament talablari portlash xavfi boʻlgan muhitlarda ishlatiladigan asbob-uskunalarning belgilangan roʻyxatiga nisbatan qoʻllaniladi.
Texnik reglament rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab 6 oy oʻtgach amalga kiritiladi.