Davlat geologik monitoring xizmati vakillari ishtirokidagi Ishchi guruh tomonidan “Qamchiq” dovonida o‘rganish ishlari amalga oshirildi
2025-01-03 16:55:00 / Yangiliklar
Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “O‘zbekgidrogeologiya” DM Davlat geologik monitoring xizmati, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli va Gidrometeorologiya xizmati ahentligi xodimlari tarkibidan iborat Ishchi guruh “Qamchiq” dovoni hududidan o‘tuvchi A-373 “Toshkent – O‘sh” avtomobil yo‘li va “Angren – Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘lida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tosh qulashlari, yer ko‘chkilari, qor ko‘chkisi va sel xavfi mavjud uchastkalarida hamkorlikda o‘rganish ishlarini olib bordilar.
Davlat geologik monitoring xizmati xodimlari tomonidan xavfli yer ko‘chki va tosh qulashi xavfi mavjud uchastkalar to‘g‘risida ma’lumot berildi, ushbu uchastkalarda tosh tushirish ishlarini olib borish, yo‘l chetidagi handaqlarni tozalash va boshqa shu kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.