Davlat geologik monitoring markazi vakillari “Qamchiq” dovonida o‘tkazilgan kompleks o‘quv mashqlarida ishtirok etishdi
2024-12-26 10:40:00 / Yangiliklar
2024-yilning 18-19-dekabr kunlari “Qamchiq” dovonida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralarning 40 dan ortiq boshqaruv organlari bilan hamkorlikda kompleks o‘quv mashqi o‘tkazildi.
O‘quv mashqlarida, “O‘zbekgidrogeologiya” DM Davlat geologik monitoring xizmati mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.
“Qamchiq” dovonidan o‘tuvchi A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘li va “Angren-Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘lining xavfli ekzogen geologik jarayonlar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ma’lumotlar berildi.