Muhim xomashyo sektoridagi muammolar muhokama etildi
2024-12-17 16:55:00 / Yangiliklar
2024-yil 17-dekabr kuni Toshkentda “Muhim xomashyo sektoridagi xatarlarni yumshatish, Markaziy Osiyoda “yashil” manbalarga o‘tish va o‘sishni rag‘batlantirish bo‘yicha mintaqaviy maslahatlashuvlar” o‘tkazildi.
Tadbirda Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari U.Yusupov, BMTning Afg‘oniston, Markaziy Osiyo, Eron va Pokistondagi mintaqaviy vakili Oliver Shtolpe, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi, Turkmaniston vakillari ishtirok etishdi.
Maslahatlashuvlar 5 ta sessiyaga bo‘lingan holda tashkil qilinib, ularda ishtirokchilar muhim xomashyo materiallari sohasidagi tashabbuslar, Markaziy Osiyoda mazkur sohadagi imkoniyatlar, ekologik, ijtimoiy va boshqaruv risklari, mintaqadagi muammolarni hal etish yuzasidan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalari bo‘yicha o‘zaro fikr almashilmoqda.