“Oʻzbek geologiya qidiruv” AJ “S&P Global Ratings” agentligi tomonidan «B» – “Barqaror” reyting darajasini oldi
2024-12-17 16:15:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyuldagi PQ-319-son qaroriga asosan “Oʻzbek geologiya qidiruv” aksiyadorlik jamiyatiga “S&P Global Ratings” xalqaro kompaniyasi jalb qilinib, 2022-2023-2024-yillar koʻrsatkichlari va 2025-yil prognozi tahlil qilindi hamda agentlik tomonidan “B” –“ Barqaror” xalqaro kredit reytingi berildi.
Tahlillar natijasi jamiyatdagi xatarlarni malakali boshqarish, yuqori operatsion samaradorlikka erishish va xizmatlar sifatini oshirish orqali yuqori daromad olish imkonini beradi.
“S&P Global Ratings” moliyaviy, tovar va avtomobil bozorlariga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga kredit reytinglari, tadqiqot va biznes yechimlarini taqdim etuvchi “S&P Global (NYSE: SPGI) kompaniyasi tarkibiga kiradi.