Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi “Oʻzbek geologiya qidiruv” AJ yoshlar yetakchisi A.Achilov ishtirokidagi brifing
2024-11-30 14:30:00 / Yangiliklar
“Oʻzbek geologiya qidiruv” AJ tomonidan 2024-yil “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da yoshlar qoʻllab-quvvatlash, ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirish, sportga jalb etish kabi yoʻnalishlarda bir qator ishlar amalga oshirildi. Bugungi kunda aksiyadorlik jamiyatida 4000 dan ortiq hodimlar faoliyat olib borayotgan boʻlsa, shundan 1300 dan ziyod qismini yoshlar tashkil qiladi. Sohada yoshlarni bilim, malaka va koʻnikmalarini oshirish maqsadida oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlgan 77 nafar yoshlar jamiyat hisobidan oliy taʼlim muassalarida tahsil olishmoqda. Ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish, mehnatga haq toʻlash, mehnat muhofazasi, mehnatkashlar va ularning oila aʼzolarini sogʻlomlashtirish, ishchi-xizmatchilarning oylik maoshlarini oʻz vaqtida toʻlanishini nazorat qilish, madaniy-maʼrifiy va sport-sogʻlomlashtirish ishlari borasida 2024-yilda ham bir qator ishlar qilindi.
“Oʻzbek geologiya qidiruv” AJ tizimida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar hamda ularning oila aʼzolari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, maʼnaviy va jismoniy kamolotiga yordam berish, yosh avlodning jismoniy baquvvat va maʼnaviy ruxda tarbiyalash, sport turlari bilan shugʻullanishlarini keng yoʻlga qoʻyish, sportning ommaviyligini taʼminlash borasida bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan “Oʻzbek geologiya qidiruv” AJ barcha tizim osti korxona va tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh gʻoya asosida “Sport-salomatlik garovi” shiori ostidagi “Oʻzbek geologiya qidiruv” AJ va birlashgan kasaba uyushmasi qoʻmitasi kubogi sport musoboqalari tashkil etilib, 400 ga yaqin yoshlar qamrab olindi.
2024-yilda aksiyadorlik jamiyati tomonidan kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni salomatligini tiklash, xonadonini taʼmirlash va boshqa maqsadlarda jami 2 327 347 638 soʻm miqdorda moddiy yordam asosida qoʻllab-quvvatlash choralari koʻrildi.
Bundan tashqari sohada faoliyat olib borayotgan yoshlarni yanada qoʻllab-quvvatlash ularni qiynayotgan masalalarni bartaraf etish maqsadida aksiyadorlik jamiyati va tarkibiy boʻlinmalarida rahbar va yoshlar uchrashuvlari tashkil etildi. Ushbu uchrashuvlarda yoshlar oʻzini qiziqtirgan mavzulardagi savollarga rahbarlardan kerakli javoblarni olishdi. Bu kabi muloqotlar yil davomida uzluksiz tashkil etib kelinadi. Shuni alohida taʼkidlab oʻtish kerakki, jamiyat tomonidan faol va tirishqoq yoshlar doim ragʻbatlantirilib yuqori lavozimlarga koʻtarilib kelinmoqda. Zero, har bir xodim oʻzining eʼtibor markazida ekanligini his qilsa, faoliyat yuritayotgan korxonasiga, jamoasiga koʻproq naf keltiradi, oʻz vazifasini chin dildan bajaradi.
Aksiyadorlik jamiyati tarkibiy boʻlinmalarida har oyda yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni boʻsh ish oʻrinlariga joylashtirish orqali bandligini taʼminlash, hayotda oʻz oʻrnini topishi, shuningdek, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga har tomonlama koʻmaklashib kelmoqda.
Shuni taʼkidlash joizki, yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish ularning mehnatini alohida eʼtirof etish, moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etish kabi masalalar tashkilotning birinchi galdagi vazifasidir.