JOGMEC korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2024-12-05 14:35:00 / Yangiliklar
2024 yil 5 dekabr kuni Kon-geologiya vaziri oʻrinbosarlari A. Kadirxodjayev hamda U. Yusupov Yaponiyaning JOGMEC korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdilar.
Yaponiya – Oʻzbekiston oʻrtasidagi aloqalar rivojlanayotgani, xususan JOGMEC korporatsiyasi bilan amalga oshirilayotgan loyiha yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar oʻrtasida oʻzaro aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish 2025-yil uchun ikki tomonlama ish reja va dastalbki “yoʻl xarita” loyihasini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.