Buxoro – Xiva neftgaz hududidagi 2D seysmik qidiruv dala partiyalari rejadagi ishlar ijrosini amalga oshirdi
2024-11-18 17:20:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi “O‘zbekgeofizika” AJ “Buxoro geofizika ekspeditsiyasi” filialining “Tuyamuyun”, “Gurlan” va “Pastquduq” loyihalari bo‘yicha Buxoro – Xiva neftgaz hududining istiqbolli maydonlarida ish olib borayotgan 2D seysmik qidiruv dala partiyalari 2024-yilda belgilangan ish hajmini to‘liq bajardi.
Partiyalar rejadagi 1920 pogona kilometr ish hajmlarini bajarib, dala ishlarini muvaffaqiyatli yakunladi.