“O‘zbekgeofizika” AJ: “Aktumsuk”, “Kokayti” va “Yangiariq” loyihalari bo‘yicha seysmik qidiruv partiyalarida 3-bosqich idoraviy nazorat ishlari amalga oshirildi
2024-11-14 15:50:00 / Yangiliklar
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi “O‘zbekgeofizika” AJ “Farg‘ona geofizik ekspeditsiyasi” filialining doimiy harakatdagi komissiyasi aʼzolari tomonidan Ustyurt mintaqasida 2D seysmik qidiruv ishlarini olib borayotgan “Aktumsuk”, Surxondaryo viloyatidagi “Kokayti”, Xorazm viloyatidagi “Yangiariq” seysmik qidiruv partiyalarida 3-bosqich idoraviy nazorat ishlari olib borildi.
Dala ishlari holati, sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi qoidalarining bajarilishi o‘rganildi.
Dala partiyalari mas’ul xodimlariga davlat dasturida yillik ish hajmlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.