GIDROINGEO: Toshkent viloyatida geofizik tadqiqot ishlari olib borildi
2024-11-13 17:20:00 / Yangiliklar
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi Geologiya fanlari universiteti “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” DM xodimlari tomonidan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 3-mis boyitish fabrikasida seysmik ishlar olib borildi.
Geofizik tadqiqotlar natijasida bo‘ylama va ko‘ndalang to‘lqinlarning, siljish to‘lqinlarining tezligi o‘lchandi, tog‘ jinslarining elastikligi, mustahkamligi va deformatsiya ko‘rsatkichlari aniqlandi. Ishlar ko‘p kanalli sirt to‘lqinlarini tahlil qilish (MASW) va 10 metrgacha chuqurlikdagi qatlamlarning elektr qarshiligini o‘lchash moslamasi yordamida amalga oshirildi.
Tadqiqot natijalari OKMK 3-mis boyitish fabrikasi uchun chiqindilar omborini rejalashtirish uchun zarur.