Kon-geologiya vazirligi va Finlyandiya geologiya xizmati oʻrtasida amalga oshirilayotgan loyiha doirasida uchrashuv boʻlib oʻtdi
2024-11-12 15:15:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Finlyandiya Geologiya xizmati o‘rtasida amalga oshirilayotgan loyiha ishtirokchilarining yakuniy yig‘ilishi o‘tkazildi.
Shuningdek, Kon-geologiya vazirligi delegatsiyasi FinnMateria-2024 ko‘rgazmasida ishtirok etib, Finlyandiyaning konchilik kompaniyalari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
GTK rahbariyati yakunlangan “O‘zbekiston Respublikasida milliy farovonlikni oshirish uchun tabiiy resurslarni o‘zlashtirish samaradorligini oshirish” loyihasiga ijobiy baho berdi va yangi qo‘shma loyihalar bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga alohida qiziqish bildirdi.