Kon-geologiya vazirligi vakillari Chelyabinksk va Kemerova shaharlaridagi burg‘ilash uskunalari zavodlariga borishdi
2024-11-06 14:50:00 / Yangiliklar
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda “Oʻzbekgidrogeologiya” DM xodimlari Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk shahridagi “Bur-instrument Eksport” kompaniyasi taklifiga binoan kompaniyaning Chelyabinsk, Kemerova shaharlaridagi zavodlarida bo‘lishdi.
Shuningdek, guruh “Gazprom” AJning ishlab chiqarish obyektlarida mazkur kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan chuqur quduqlarni burgʻilashga mo‘ljallangan burgʻilash uskunasini ishlab chiqarish va undan foydalanish jarayoni bilan tanishdi.