“O‘zbekgidrogeologiya” DM: Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani hududidagi artezian quduqlarining holati o‘rganildi
2024-10-25 17:50:00 / Yangiliklar
Davlat geologik monitoring xizmati, Samarqand gidrogeologiya va kuzatish stansiyasi, Qo‘shrabot tumani suv ta’minoti mutaxassislaridan iborat ishchi guruh Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani Mayintepa mahallasidagi 3-LOT artezian quduqlarining holatini joyiga chiqqan holda o‘rganishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-dekabrdagi PQ-439-son qaroriga muvofiq, tumanning 30 601 ga maydoni yerosti suvlariga quduq burg‘ilash va ulardan foydalanish bo‘yicha moratoriy joriy etiladigan, suv sathi pasayib ketayotgan hududlar ro‘yxatida ekanligi hamda ushbu hududda yerosti suvidan faqat ichimlik maqsadida foydalanish, mavjud quduqlardan esa faqat suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llagan holda foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.