Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri yoshlar bilan muloqot qildi
2024-08-03 16:25:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov Geologiya fanlari universiteti hamda Sankt Peterburg konchilik universitetining bir guruh bitiruvchilari bilan uchrashdi.
Tadbirda vazirlik tizimosti tashkilot va korxonalari rahbarlari, vazirlik markaziy apparati vakillari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda oliygohlarni tamomlagan talaba yoshlarning kelgusi rejalari, tugallagan yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularni ish bilan ta’minlash yuzasidan muloqot amalga oshirildi.
Nazariy bilimlarni amaliyot bilan mustahkamlash, ustoz-shogird an’analari asosida har tomonlama salohiyatli kadrlarni tarbiyalash zamon talabi ekanligi alohida ta’kidlandi.