“Vazir va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2024-07-01 17:35:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov soha tizimida mehnat qilayotgan, tahsil olayotgan, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan bir guruh yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida yosh kadrlarga sharoitlar yaratish, ularning ilmiy-amaliy ko‘nikmalarini oshirish, qo‘llab-quvvatlash, xalqaro talablarga javob beradigan mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan qilinayotgan ishlar haqida fikr almashildi.
Yoshlar bilan muloqot davomida ularni qiynayotgan masalalar, yangi tashabbuslari, taklif-mulohazalari eshitildi, dolzarb mavzularda yo‘llagan savollariga javoblar berildi.
Tadbir so‘ngida tizimosti tashkilot, korxona va muassasalarda faoliyat yuritayotgan bir qator yoshlar yetakchilari, tashabbuskor talabalar va xodimlarga vazirlikning esdalik sovg‘alari topshirildi.