Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirinig korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha M U R O J A A T I
2025-01-07 15:05:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston 2021-yilda Xalqaro Ochiq ma’lumotlar xartiyasiga a’zo bo‘ldi. Mamlakatimiz Istanbul harakatlar dasturi, Global operativ tarmoq, Yevroosiyo va Egmont guruhlari, boshqa ko‘plab platformalarda samarali ishtirok etib kelmoqda. G‘arbiy va Markaziy Osiyo davlatlarining aktivlarni qaytarish tarmog‘ining Kotibiyati vazifasini bajarmoqda.
Har yili Toshkentda an’anaviy Xalqaro aksilkorrupsiya forumi o‘tkazib kelinmoqda.
Keyingi yillarda mamlakatimiz “Transparency International” indeksida
42 pog‘onaga ko‘tarildi va bu borada mintaqamizda eng yuqori o‘rinni egallamoqda. 2030-yilga qadar mazkur reytingdagi o‘rnimizni yana 50 pog‘onaga yaxshilash maqsadini ko‘zlaganmiz.
“Open Data Inventory” reytingida esa joriy yilda 30-o‘ringa ko‘tarildik. Ochiq ma’lumotlar manbalari bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda 4-o‘rinda joy olgan.
Hammamiz yaxshi bilamizki, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash hamda tadbirkorlikning jadal rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan asosiy sabablardan bittasi - bu korrupsiyadir.
Shu bois, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, shu jumladan biznes hamjamiyatida bunday illatni yo‘q qilish maqsadida qator choralar amalga oshirilmoqda.
Shuni alohida aytish lozimki, mamlakatimizda investorlarni korrupsiyasiz halol faoliyat yuritishini ta’minlash borasida Vazirlik tomonidan tizimli ravishda profilaktik va targ‘ibot ishlari amalga oshirib kelinmoqda.
Bundan ko‘rinib turibdiki, tadbirkorlarimizda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat yuqori darajada shakllangan. Bunday holatlarga keskin salbiy fikr bildirib kelishmoqda va halol ishlashga tayyor ekanliklarini har doim namoyon etishmoqda.
Shu bois vazirlik xodimlarini korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga murosasiz munosabatda boʻlishi ularning kundalik hayot tarziga aylanishi kerak. Halollik, vatanparvarlik va masʼuliyatni faoliyatining asosiy tamoyiliga aylantirgan holda, berilgan vazifalarni vijdonan, xolis va yuqori saviyada amalga oshirishi lozim.
Amalga oshirilayotgan inson huquqlari va manfaatlarini soʻzsiz taʼminlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlar doirasida barcha sohalarda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini shakllantirish talab etiladi.
Shu nuqtai nazardan, tizimda korrupsiyaning oldini olish choralarini koʻrish, uni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan sabab va sharoitlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish boʻyicha samarali tizim shakllantirilmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish, korrupsiyaga qarshi xavf-xatarlarni baholashda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, jarayonga ilgʻor mexanizmlarini joriy etish, bu borada huquqiy va institutsional bazani takomillashtirish vazirlikning asosiy maqsadlari etib belgilangan.
Vazirlik funksiyalari boʻyicha vertikal nazorat oʻrnatish, korrupsion holatlar yuzaga kelishini cheklash, maʼlumotlarning real vaqt rejimida va bexato shakllantirish yoʻnalishlarida tizimli ishlar amalga oshirildi.
Vazirlik korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olishda jamoatchilik nazoratiga tayanadi va fuqarolarning faolligi va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlaydi.
Vazirlik xodimlarining korrupsiya va boshqa huquqbuzarlik holatlariga aloqadorligi yuzasidan maʼlumotlarga ega boʻlgan fuqarolar 71-238-50-05 raqamli Ishonch telefoni yoki @anticor_miit_bot telegram boti orqali toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat yoʻllashi mumkin.
Vazirlik xodimlari tomonidan korrupsiyaning oldini olish choralarini koʻrish, kelib chiqish sabab va sharoitlarini barvaqt aniqlash va bartaraf etish borasidagi ishlar kelgusida ham izchillik bilan davom ettiriladi.
Shu oʻrinda tizimda mehnat qilayotgan har bir rahbar va xodimni korrupsiya holatlarining har qanday koʻrinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlishga hamda oʻz xizmat vazifalarini halol va xolis bajarishga chaqiramiz.