Senat majlisida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunida belgilangan vazifalar hisoboti eshittirildi
2024-12-24 11:00:00 / Yangiliklar

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi:
- Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunida belgilangan vazifalar amalga oshirish maqsadida 2024-yil 17-iyulda Vazirning 72-i-son buyrug‘i qabul qilinib, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xodimlarining Odob-axloq qoidalari, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Odob-axloq komissiyasi to‘g‘risidagi nizom, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Odob-axloq komissiyasining yangi tarkibi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tizimida korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan xodimlarning xavfsizligi kafolatlari va rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda hududiy bo‘linmalari va tizim tashkilotlari bo‘linmalarida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi Nizomlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib yangi tahrirda qabul qilindi;
- Joriy yilning 26-iyun kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bosh prokuratura bilan hamkorlikda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, yangiliklari va ahamiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan seminar tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda vazirlikning barcha xodimlari, bosh prokuraturadan Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari K.Musashayxov va Huquqni muhofaza qilish akademiyasi prokurori T.Safarovlar ma’ruzalari bilan ishtirok etdi;
- Xodim oʻz mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organi yoki boshqa tashkilotning nazoratida tadbirkorlik faoliyati subyektining aksiyalari va ustav fondidagi egalik qilgan, ushbu tadbirkorlik faoliyati subyektining boshqaruv organi a’zosi boʻlgan holatlarni aniqlash belgilangan.
Mazkur holat bo‘yicha Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi nazoratida tadbirkorlik faoliyati tashkil etilmagan hamda tadbirkorlik faoliyati aksiyalari va ustav fondi aksiyalariga ega boʻlgan holatlar aniqlanmadi;
- “E-anticor.uz” platformasi orqali 2023-yildagi manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq ma’lumotlar oʻrganilganda, 79 ta xodim deklaratsiya to‘ldirgan bo‘lib, manfaatlar to‘qnashuvi mavjud holat aniqlanmadi;
- Vazirlikda manfaatlar toʻqnashuvi boʻyicha 322 ta xodimlar tomonidan deklaratsiya to‘ldirildi va bitta holatda manfaatlar toʻqnashuvi aniqlanib, bartaraf etish uchun Odob-axloq komissiyasining yigʻilishiga koʻrib chiqish uchun kiritildi;
- Vazirlikda jismoniy va yuridik shaxs vakillari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar, manfaatlar toʻqnashuvi haqida xabar berish imkoniyatini beruvchi aloqa kanallari ishga tushirilgan hamda bu haqda eslatma sifatida xodimlarga illyustrativ tarqatma materiallari ishlab chiqilib tarqatildi;
- Vazirlikda 2023-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari oʻrganib tahlil qilinganda manfaatlar toʻqnashuvi boʻyicha shikoyat va arizalar kelib tushmaganligi aniqlandi;
- Vazirlik tomonidan manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida xabar berishning ishonch telefoni-+998(71)238-50-05, +99871238-50-90, elektron pochta-anticor@miit.uz, info@miit.uz, telegram-bot-@anticor_miit_bot, facebook–anticormiit, instagram – anticormiit elektron tizimi yoʻlga qoʻyilganligini hamda ushbu tizim tahlil qilingan va hozirgi kunda aloqa kanallari ishlamoqda;
- Mazkur band ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlik xodimlari tomonidan 2024-yilda manfaatlar toʻqnashuvi boʻyicha yillik deklaratsiyalar toʻldirildi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining amal qilish holati tahlil qilindi.
Amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi tahliliy umumlashgan hisobotlar Komissiya ishchi organiga kiritilib borildi va mazkur qonun ijrosi boʻyicha ishlar davom etmoqda.
Qo'shimcha ma'lumot uchun: https://senat.uz/events/post-3065