Belarus Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuv to‘g‘risida
2025-03-25 12:05:00 / Yangiliklar va voqealar

2025-yil 25-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Belarus tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Pavel Utyupin bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Belarus tashqi ishlar vazirliklari oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish uchun yaqindan hamkorlik qilayotgani haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, ikki va ko‘p tomonlama kun tartibi muhokama qilinib, hamkorlikning o‘zaro ishonch, umumiy manfaatlar va amaliy natijalarga intilish asosida rivojlanib borayotgani ta’kidlab o‘tildi.