Markaziy Osiyo davlatlari elchilari bilan uchrashuv to‘g‘risida
2025-03-25 17:00:00 / Yangiliklar va voqealar

25-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston davlatlarining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchilari bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” strategik muloqoti doirasida mintaqaviy sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma tadbirlarni tashkil etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.