Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi T.Smart bilan uchrashuv haqida
2025-03-17 19:25:00 / Yangiliklar va voqealar

2025-yil 17-martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Timoti Smart bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuvda tomonlar Afgʻoniston boʻyicha ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holatini muhokama qildilar. Afg‘oniston muammosini hal etish bo‘yicha muntazam muloqotni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdorlik to‘g‘risida ta’kidlandi.
Afg‘onistondagi vaziyatni yaxshilash bo‘yicha xalqaro jamoaviy sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.