Kanadaning mamlakatimizdagi Elchisi bilan uchrashuv
2025-02-19 23:55:00 / Yangiliklar va voqealar

19-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Kanadaning O‘zbekistondagi Elchisi Kristofer Duggan bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Kanada hamkorligining Afg‘oniston yo‘nalishidagi bugungi holati, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalari har tomonlama muhokama qilindi.
K.Duggan ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va Afgʻoniston yoʻlidagi konstruktiv muloqotni davom ettirishga umid bildirdi.