O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi BMTning Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining (IFAD) O‘zbekistondagi vakili bilan uchrashdi
2025-02-18 22:15:00 / Yangiliklar va voqealar

2025-yilning 18-fevral kuni Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova BMTning Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining (IFAD) O‘zbekistondagi vakili Laura Mattioli bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda hamkorlikning bugungi holati, shuningdek, qoʻshimcha grant mablagʻlarini jalb qilish va IFAD moliyaviy va texnik yordami komponentlarini koʻpaytirish boʻyicha hamkorlikni yanada rivojlantirish yoʻnalishlarini ishlab chiqish yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish va o‘zaro manfaatli tashabbuslarni amalga oshirishni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.