O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi YUNISEF vakili bilan uchrashdi.
2025-02-13 20:10:00 / Yangiliklar va voqealar

2025-yilning 13-fevral kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasining (YUNISEF) O‘zbekistondagi vakili Rehina Kastijio bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonning so‘nggi yillarda yangi dinamika kasb etgan YUNISEF bilan hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
R.Kastijio UNICEF “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining BMT Barqaror rivojlanish maqsadlariga to‘liq mos keladigan maqsad va vazifalarini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
Shuningdek, UNICEF sog‘liqni saqlash, ta’lim, atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek, onalik va bolalikni qo‘llab-quvvatlash sohalarida muhim tashabbuslarni amalga oshirishda yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.