Latviya ijtimoiy ta’minot va ichki ishlar vazirliklari, Davlat chegarasini qo‘riqlash boshqarmasi, shuningdek ish beruvchilar va rekruting kompaniyalarida o‘tkazilgan uchrashuvlar to‘g‘risida
2025-01-30 09:00:00 / Yangiliklar va voqealar
O‘zbekiston delegatsiyasining Latviyaga tashrifi doirasida Latviya farovonlik vaziri Uldis Augulis bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar O‘zbekistondan malakali mutaxassislarni jalb etishga e’tibor qaratgan holda mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni muhokama qildilar. Muntazam hamkorlik qilish va mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida ikki tomonlama shartnoma imzolash masalasini birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ichki ishlar vazirligi parlament kotibi Igor Raevs va Davlat chegarasini qoʻriqlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Rinalds Belijs bilan boʻlib oʻtgan muzokaralarda Oʻzbekiston va Latviyaning tegishli idoralari oʻrtasidagi hamkorlik yuksak darajada ekanligi alohida taʼkidlandi.
Tomonlar hamkorlikni chuqurlashtirishdan manfaatdorligini bildirdi. Xorijiy tomon Latviyada mehnat muhojirlarining salmoqli qismini O‘zbekiston fuqarolari tashkil etishini ta’kidladi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston delegatsiyasi Latviyaning yirik ish beruvchilar va rekruting kompaniyalari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi, ular davomida hamkorlik hujjatlari imzolandi. Bu shartnomalar O‘zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish va ularning huquqlarini himoya qilish masalalarini o‘z ichiga oladi.