Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari BAA va Bangladesh Elchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi
2025-01-27 16:10:00 / Yangiliklar va voqealar
27-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Birlashgan Arab Amirliklari va Bangladesh Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Elchilari Said Matar al-Qamziy va Muhammad Monirul Islom bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muzokaralarda O‘zbekiston bilan ushbu davlatlar o‘rtasidagi siyosat, savdo va investitsiya, transport va logistika, madaniyat va turizm sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, xalqaro platformalarda o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Aloqalarni yanada chuqurlashtirish maqsadida joriy yilda turli darajadagi qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish rejalari ko‘rib chiqildi.