Vazir maslahatchisi Turkiyaning O‘zbekistondagi Elchisi Olgan Bekar hamda Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashdi
2025-01-20 09:15:00 / Yangiliklar va voqealar

2025-yil 20-yanvar kuni tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova Turkiyaning O‘zbekistondagi Elchisi Olgan Bekar hamda Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA)ning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Ali Riza Tezjan bilan uchrashdi. Suhbat davomida O‘zbekistonda turk grantlari va moliyaviy-texnik ko‘makni jalb qilish orqali qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar TIKA va Turkiya Fanlar akademiyasi (TÜBA), Turkiya Respublikasi Ilmiy va texnologik tadqiqotlar kengashi Kosmik texnologiyalar tadqiqot instituti (TÜBİTAK) kabi turk institutlari hamda O‘zbekistonda mavjud yirik kompaniyalar bilan hamkorlikni faollashtirish muhimligini qayd etdilar.
Loyihani amalga oshirishda sog'liqni saqlash, ta'lim, qishloq xo'jaligi, O'zbekistonning madaniy va moddiy merosini asrab-avaylash va boshqa muhim sohalarga ustuvor ahamiyat berilishi ko‘zda tutilgan.
Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va o‘zaro manfaatli tashabbuslarni amalga oshirishni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.