To‘siqsiz turizm imkoniyatlari kengaytirilmoqda
2025-01-30 15:15:00 / Yangiliklar
2024-yilning 12-yanvarida “O‘zbekiston Respublikasida to‘siqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish va uni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi. Mazkur qarorda “Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘siqsiz harakatlanishi uchun madaniy meros obyektlarida ularga har qanday shikast yetkazilishining oldini olgan holda pandus, plintus va liftlar hamda ko‘zi ojizlar uchun madaniy meros obyektlarining kichraytirilgan o‘lchamdagi maketlarini o‘rnatish va ular to‘g‘risida Brayl alifbosidagi ma’lumotlarni joylashtirish” topshirig‘i belgilab berilgan.
Hozirgi vaqtga qadar qaror ijrosini ta’minlash maqsadida madaniy meros obyektlariga zarar yetkazmagan holda nogironligi bo‘lgan shaxslarning to‘siqsiz harakatlanishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratib kelinmoqda.
Muzeylarga inklyuziv shart-sharoitlar yaratish maqsadida 53 ta muzeyda pandus yo‘lakchasi, 9 ta muzeyda ko‘tarilish vositasi (lift) o‘rnatildi va 35 ga yaqin muzeylarda audiogidlar tashkil etildi.