Fuqaro murojaati ko'rib chiqildi
2024-03-27 13:50:00 / Yangiliklar
Namangan viloyati Mingbuloq tumanida yashovchi fuqaro Shokir Murodov Farg‘ona viloyat qo‘g‘irchoq teatrida namoyish etilgan asari uchun mualliflik haqi to‘lab berilishini so‘rab vazirlikka murojaat qilgan edi.
Madaniyat vaziri o‘rinbosari Yusufjon Usmonov 26-mart kuni mas’ul mutaxassislar ishtirokida murojaatchini qabul qildi va unga mualliflik haqi to‘lab berilishi uchun Dramatik va musiqiy asarlarni tanlash va xarid qilish bo‘yicha ishchi guruhga talab etilgan hujjatlarni to‘liq taqdim etishi zarurligi, shundan so‘ng ishchi guruh xulosasiga ko‘ra qalam haqi to‘lab berilishi tushuntirildi.