Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin Navro‘z” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi
2025-04-05 18:00:00 / Yangiliklar

Kuni kecha Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin Navro‘z” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirni madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Majidov va O‘zMMSI rektori v.b Eldor Shermanov kirish so‘zi bilan ochib berib, ulug‘ shodiyona bilan barchani muborakbod etdi.
Tadbirning badiiy qismida “Chorlov”, “O‘rik gullaganda”, “So‘lim bahor”, “Fasli Navbahor”, “Qoshlaringiz qaroligi va Oh gulim”, “Mustahzod”, “Ayrilmasin”, “Tanovar”, “Surxoncha”, “Dem Bermes”, “Buxoro mavrigi”, “Xorazm lazgisi”, “Tantana” kabi milliy musiqamizning durdona asarlari yangradi hamda barcha mehmonlarning olqishiga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, “Talabalar ligasi” doirasida “Rektor kubogi” sport musobaqalarida faxrli o‘rinni qo‘lga kiritgan ijodkor-talaba yoshlar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi:
Sportning shaxmat turi bo‘yicha: Ibrohim Karimov, Nodirbek Sheraliyev, Jasurbek Negmurodov;
Sportning shashka turi bo‘yicha: Ibratbek Ismoilov, Ilhomjon Ismoilov, Asadbek Po‘latov.
Voleybol sport turi bo‘yicha: “Professional ta’lim fakulteti” jamoasi, “O‘zbek milliy musiqa san’ati fakulteti” jamoasi, “Megastars” jamoasi, “Albion” jamoasi.
Navro‘z qadriyatlari avloddan-avlodga o‘tib, millatimizning yuksak ma’naviyatini, tinchlik va ezgulikka intilishini tasdiqlashda davom etadi.
Navro‘z bayrami — bu qadimiy an’analardan boshlanib, ming yillar davomida saqlanib kelgan va xalqimizning ma’naviy boyliklari bilan uyg‘unlashgan bebaho bayramdir.