Asosiy kontentga o'tish

“Ko‘cha san’ati va musiqasi” loyihasi poytaxt ko‘chalarida

2025-04-04 10:00:00 / Yangiliklar

Kuni kecha Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi tomonidan belgilangan manzillarda Yunusobod tumani, Saylgoh ko‘chasida “Ko‘cha san’ati va musiqasi” loyihasi bo‘yicha ishtirokchilarga https://streetart.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tishlari va loyiha bo‘yicha ma’lumotlar berildi va targ‘ibot ishlari olib borildi.

 

Mazkur loyihada: Musiqa san’ati, teatr san’ati, sirk san’ati, raqs san’ati, qo‘shiqchilik san’ati, amaliy san’at, tasviriy san’at ya’ni 7 ta yo‘nalish mavjud bo‘lib. Yo‘nalishlar bo‘yicha eng yuqori ovoz to‘plagan ishtirokchilar g‘olib deb topiladi.

 

Har chorak yakunida har bir hududdan 10 nafar faol ijodkor BHMning kamida 20 baravari miqdoridagi pul mablag‘lari bilan rag‘batlantirilishi haqida ma’lumotlar berildi.

 

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-406-sonli qarorining tegishli bandiga ko'ra, 2024-yil 1-apreldan boshlab tegishli manzillarda “Ko‘cha san’ati va musiqasi” loyihasini amalga oshirish belgilangan.

 

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 1-aprel sanasidan II-chorak mavsumiga ishtirokchilarini streetart.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari va reyting asosida baholash jarayonlari boshlandi.

 

106

Oxirgi yangilanish: 2025-04-04 10:08:17

“Ko‘cha san’ati va musiqasi” loyihasi poytaxt ko‘chalarida