Asosiy kontentga o'tish

Farg‘onaning O‘zbekiston tumanidagi bir guruh fuqarolarning muammolari o‘rganildi

2025-03-29 16:50:00 / Yangiliklar

Kuni kecha Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanidagi “Qayqubot”, “Bo‘ston”, “Nurli kelajak”, “Sho‘rqishloq”, “Zinasha” MFYlaridan fuqarolarning muammolari madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov hamda Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumani hokimi R.Begmatovlar tomonidan o‘rganildi.

 

O‘rganish natijalariga ko‘ra, Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida istiqomat qilayotgan fuqarolarning bir guruhiga ehtiyojlariga ko‘ra motokultivator, tikuv mashinasi, uch g‘ildirakli mototsikl hamda oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

 

Ma’lumot o‘rnida, ushbu o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 6-martdagi F-18-son farmoyishi asosida vazirlik ishchi guruhi tomonidan fuqarolarning muammolari sayyor qabullar orqali o‘rganilmoqda.

Shuningdek, Avazxon Tadjixanov Quvasoy shahar 11-son bolalar musiqa va san'at maktabiga direktor vazifasiga v.b tayinlangan Nasriddinova Muslimani jamoaga tanishtirdi.

152

Oxirgi yangilanish: 2025-03-29 17:53:52

Farg‘onaning O‘zbekiston tumanidagi bir guruh fuqarolarning muammolari o‘rganildi