Asosiy kontentga o'tish

Poytaxtdagi teatrlardan birida institut kafedrasining filiali ochildi

2025-03-28 19:30:00 / Yangiliklar

Bugun, 28-mart kuni Muqimiy nomidagi  O‘zbekiston  davlat  akademik  musiqali teatrida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Musiqali teatr san’ati” kafedrasining O‘zbekiston xalq artisti Lutfixonim  Sarimsoqova nomidagi  filialining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Marosim avvalida madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Majidov, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali drama teatri direktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Azim Mullaxonovlar so‘zga chiqib, ushbu tashabbus talabalarning kelgusida yetuk ijodkorlar bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

166

Oxirgi yangilanish: 2025-03-28 19:37:37

Poytaxtdagi teatrlardan birida institut kafedrasining filiali ochildi