Jizzaxning Zafarobod tumanidagi bir guruh fuqarolarning muammolari o‘rganildi
2025-03-28 19:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari hamda Prezidentning “Mahallalarda tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil etish orqali aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi F–18-son farmoyishi, shuningdek, "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida, madaniyat vaziri o‘rinbosari Yusufjon Usmonov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Jizzax viloyatining Zafarobod tumanidagi 80 dan ortiq fuqarolarning muammolari tinglanib o‘rganildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, bugun 28-mart kuni vazir o‘rinbosari Yusufjon Usmonov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Jizzax viloyati Zafarobod tumanida istiqomat qilayotgan fuqarolarning bir guruhiga ehtiyojlariga ko‘ra motokultivator, tikuv mashinasi, elektropechlar hamda oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.