Qoraqalpog‘istonda "Muza teatr" maktabi tashkil etildi
2025-03-26 12:45:00 / Yangiliklar

Avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasida "Muza" yakkaxon teatri ish boshlagan edi. Oradan bir yil o‘tib, teatr jamoasi o‘zining "Muza teatr" maktabini tashkil etdi.
Kuni kecha Nukusda ushbu maktabning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari R.Zarikeyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vaziri B.Temirbayevlar bilan birgalikda soha xodimlari va yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda teatrni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Madaniyatni qo‘llab-quvvatlash fondi mablag‘lari hisobidan mablag‘lar ajratilib, vaucher topshirildi.
Tadbir ishtirokchilari maktabning dastlabki aktyorlik mahorati bo‘yicha ochilgan kursning dastlabki dars jarayoni bilan yaqindan tanishdi.