Asosiy kontentga o'tish

Vazirlikda taniqli turk prodyuseri Timur Savchi bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

2025-03-20 12:25:00 / Yangiliklar

Bugun, 20-mart kuni madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov hamda taniqli turk prodyuseri Timur Savchi o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik aloqalari, o‘zbek va turk kinoijodkorlari hamkorligida serial yaratish, serialni suratga olish lokatsiyalari bilan tanishish hamda ijodiy-tashkiliy ishlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. 

 

Shuningdek, uchrashuv davomida Timur Savchi o‘zbek kinosini yuqori baholadi va O‘zbekiston kino industriyasi bilan hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirish ikki davlat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish va mustahkamlash uchun yana bir muhim qadam bo‘lishidan umidvorligini bildirdi. 

 

Eslatib o‘tamiz, bugun soat 15:00da O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida mashhur turk prodyuseri Timur Savchi bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi. 

 

Ma’lumot o‘rnida, Timur Savchi produserligida tasvirga olingan “Ishkomli uy”, “Muhtasham yuz yil”, “Ko‘sem”, “Boshqa biri”, “Gulpari”, “Choliqushi” kabi mashhur teleseriallar bilan o‘zbek tomoshabinlariga yaxshi tanish.

 

267

Oxirgi yangilanish: 2025-03-20 12:29:33

Vazirlikda taniqli turk prodyuseri Timur Savchi bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi