O‘zbekiston davlat drama teatri jamoasi harbiy qismlarga ijodiy safarda bo‘ldi
2025-03-19 16:30:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston davlat drama teatri ijodiy jamoasi Andijon va Namangan viloyatlarida xizmat safarida bo‘ldi.
Ijodiy jamoa ushbu safar davomida harbiy qismlar shaxsiy tarkibi hamda xizmatchilar uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida taniqli maorifparvar Abdulla Avloniy qalamiga mansub “Advokatlik osonmi?” spektaklini namoyish etdi.
Mazkur asar orqali jamiyatdagi illatlar — savodsizlik, firibgarlik, ilmsizlik va boshqa salbiy holatlar hajviy uslubda fosh etiladi hamda tanqid ostiga olinadi. Spektaklda bir asr muqaddam jamiyatda hukm surgan ana shunday muammolar bugungi kunda ham dolzarb ekanligi o‘ziga xos tarzda ko‘rsatib berildi.