Yurtimizda 21-27-mart kunlari “Teatr tomoshalari haftaligi”ni o'tkazish yuzasidan yig'ilish o'tkazildi
2025-03-18 17:30:00 / Yangiliklar

Bugun, 18-mart kuni vazirning birinchi o'rinbosari Avazxon Tadjixanov boshchiligida yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda, vazirlik markaziy apparati vakillari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vaziri, viloyatlar hamda Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari boshliqlari, davlat teatrlari direktorlari va bosh rejissyorlari onlayn ishtirok etishdi.
Yig'ilish kun tartibidagi asosiy masala 21-27-mart kunlari “Teatr tomoshalari haftaligi” davomida teatrga tashrif buyuruvchilar uchun turli spektakllar va ijodiy uchrashuvlarni yuqori saviyada tashkil etish masalalari ko'rib chiqildi.
Ma'lumot uchun, 27-mart – Xalqaro teatr kuni munosabati bilan 21-27-mart kunlari O‘zbekistondagi barcha davlat teatrlarida “Teatr tomoshalari haftaligi”ga start berilmoqda. “Teatr tomoshalari haftaligi” davomida teatrga tashrif buyuruvchilar uchun turli spektakllar va ijodiy uchrashuvlar rejalashtirilgan.
Yurtimizdagi barcha davlat teatrlarida namoyish etiladigan spektakllar bilan tanishing.