Rossiya Federatsiyasining Markaziy musiqa maktabi – Ijro san’ati akademiyasi bilan hamkorlikda turli tadbirlar tashkil etildi
2025-03-17 09:00:00 / Yangiliklar

Kuni kecha O‘zbekiston davlat konservatoriyasida Rossiya Federatsiyasining Markaziy musiqa maktabi – Ijro san’ati akademiyasi bilan hamkorlikda turli tadbirlar tashkil etildi.
Dastlab, kunning birinchi yarmida O‘zbekiston davlat konservatoriyasining majlislar zalida Rossiyaning Markaziy musiqa maktabi – Ijro san’ati akademiyasi o‘qituvchilarining mahorat darslari tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabalari, V.Uspenskiy nomidagi va R.Glier nomidagi ixtisoslashtirilgan musiqa maktablari o‘quvchilari ishtirok etdi.
Kuning ikkinchi yarmida O‘zbekiston davlat konservatoriyasida organlar zalida – Ijro san’ati akademiyasida tahsil olayotgan Yosh violonchelchilar ishtirokida konsert tashkil etildi.