Asosiy kontentga o'tish

#Jizzax_shahar Sumalak_sayli

2025-03-13 17:30:00 / Yangiliklar

Bahor – fasllar kelinchagi! Ushbu go‘zal faslda xalqimizning milliy qadriyatlari va urf-odatlari aks etgan qator bayram va tadbirlar o‘tkaziladi. “Milliy qadriyatlar oyligi”, “Navro‘z” umumxalq bayrami, sumalak sayllari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar ana shular jumlasidandir. Bugun, 13-mart kuni Jizzax shahrining Qassoblik mahallasida “Milliy qadriyatlar oyligi” doirasida “Sumalak sayli” katta ko‘tarinkilik bilan boshlandi. Sayil davomida milliy taomlar tayyorlanib, shahar aholisi va mehmonlariga ulashildi. Tadbir davomida Jizzax shahar madaniyat bo‘limi qoshidagi "Rayhon" folklor etnografik xalq ansambli a’zolari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, milliy xalq o‘yinlari namoyish etildi. Ushbu tadbir ahillik, mehr-oqibat va xalqimizga xos saxovat fazilatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

172

Oxirgi yangilanish: 2025-03-14 12:49:00

#Jizzax_shahar Sumalak_sayli