Qoraqalpog‘iston hamda Xorazmning aholi vakillariga kulgu kayfiyati ulashildi
2025-03-14 10:40:00 / Yangiliklar

Kuni kecha Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi Respublika askiya va qiziqchilik san’ati markazining vakillari Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatlarida "Kulgu - chehraning guli" nomli askiya sayli konsert dasturini namoyish etishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida "Kulgu - chehraning guli" nomli askiya sayli konsert dasturlari namoyish etilib kelinmoqda.
Konsert dasturida askiyachilar hamda taniqli so‘z ustalarining ichak uzdi hangomalari barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.