Yoshlik bahori respublika yosh opera ijrochilari festivalining g‘oliblari taqdirlandi
2025-03-14 10:00:00 / Yangiliklar
Poytaxtda 17 yoshdan 28 yoshgacha bo‘lgan yosh opera ijrochilari o‘rtasida Madaniyat vazirligi huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash markazi tomonidan ’’Yoshlik bahori’’ respublika yosh opera ijrochilari festivali bo‘lib o‘tdi.
Festivalning saralash bosqichi joriy yilning 12-mart kuni g‘oliblarni taqdirlash marosimi esa 13-mart kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘tkazildi.
Kuni kecha o‘tkazilgan taqdirlash marosimida vazirning birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov ishtirok etib g‘oliblarni e’lon qildi hamda tanlovning barcha ishtirokchilariga kelgusidagi ijodlariga omad tiladi.
Natijalarga ko‘ra quyidagilar taqdirlanishdi:
“Eng yaxshi o‘zbek operasi ijrochisi” – Sobirjonov Akobirjon Shukurjon o‘g‘li;
“Eng yaxshi jahon operasi ijrochisi” – Alisherxonov Fozilxon Rovshanovich;
“Eng yaxshi ayol ovozi” – Abdurahmonova Sitora;
“Eng yaxshi erkak ovozi” – Baxtiyorov Mirjalol Doniyor o‘g‘li;
“Eng yaxshi yosh ishtirokchi” – Nurullayev Mironshox Sheraliyevich.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-406-son qaroriga ko‘ra,’’Yoshlik bahori’’ respublika yosh opera ijrochilari festivali har yili mart oyida o‘tkaziladi.