Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansamblining raqqosa va sozandalari Fransiyadagi forumda ishtirok etishdi
2025-03-11 13:00:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 10-mart kuni Fransiyaning Parij shahrida O‘zbekiston turizm forumi tashkil etildi.
Tadbir Turizm qo‘mitasi, O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi hamda Fransiyaning turizm tashkilotlari hamkorligida uyushtirildi.
Forum doirasida “O‘zbekiston – Ipak yo‘lining durdonasi” mavzusida mamlakat turizm salohiyatiga doir taqdimot o‘tkazildi.
Ushbu nufuzli forumning badiiy qismida Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli direktori Gulnora Musayeva boshchiligidagi raqqosa va sozandalar ishtirok etishdi.