Surxondaryoda yangi spektakl taqdimotiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda
2025-03-06 12:25:00 / Yangiliklar

Prezidentimizning Imom Termiziy tavalludini 1200-yilligini nishonlash to‘g‘risidagi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan "Imom Termiziy" spektakli sahnalashtirilmoqda.
Kuni kecha viloyat musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan "Imom Termiziy" spektakli teatr Badiiy kengashi muhokamasidan o‘tkazildi.
Spektaklni yanada takomillashtirish bo‘yicha Kengash a’zolari va dramaturgning taklif va tavsiyalari asosida qayta ko‘rib chiqib, tuzatishlar kiritish bo‘yicha fikrlar eshitildi.
Teatrning 2025-yilgi repertuar rejasiga kiritilgan spektakl Madaniyat vazirligi huzuridagi Teatrlar faoliyati bo‘yicha Badiiy kengash a’zolari ko‘rigidan o‘tkazilgach, tomoshabinlarga namoyish etiladi.