Teatrlarda IT texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha taqdimot bilan tanishildi
2025-02-28 16:30:00 / Yangiliklar

Yangi mahsulot yoki xizmatni ishga tushirish har doim xavf tug‘diradi. Ushbu xavfning aksariyati iste’molchilarga o‘z hayotlarida yangi mahsulot yoki xizmatdan qanday foydalanishini tasavvur qilish qiyin bo‘lishidan kelib chiqadi. Bunday vaziyatda AR (Augmented Reality) va VR (Virtual Reality) texnologiyalari yordamga keladi. Ushbu texnologiyalar iste’molchining haqiqiy hayotida mahsulot yoki xizmatni taqdim etish qobiliyatini ta’minlaydi va ularga sotib olish to‘g‘risida qaror qabul qilishdan oldin uni "sinab ko‘rish" imkoniyatini beradi.
Kuni kecha vazirning birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov teatrlarda AR va VR texnologiyalarini joriy etish hamda undan foydalanish yuzasidan tayyorlangan taqdimot bilan tanishdi.
Taqdimotda teatrlar haqida milliy kontentlarni yaratish, teatrlarda 360 darajadagi 3D formatini yaratish va uni Madaniyat vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalariga joriy etish, integratsiya qilish, milliy kontentlarni yaratish hamda joriy qilish bo‘yicha mexanizm ko‘rsatildi.
Taqdimot yuzasidan teatrlarga IT texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar berildi.