Polshaning "Polskiy TVT" telekanali vakillari hamda vazirning Xalqaro aloqalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2025-02-24 12:50:00 / Yangiliklar

Kuni kecha O‘zbekiston Madaniyat vazirligida Polshaning "Polskiy TVT" telekanali bosh direktori Olma Roman hamda vazirning Xalqaro aloqalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shohrux Akbarov o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, hamkorlikda Polshada "O‘zbekiston madaniyati kunlari" tadbirlarini o‘tkazish, shu bilan birga, "Polskiy TVT" telekanalida o‘zbek san’ati va madaniyatiga oid materiallarni qo‘yib borish, shuningdek, aprel oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan baxshichilik xalqaro festivalini hamkorlikda yoritish masalalari muhokama qilindi.